Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Tushkunlikdan chiqishning 13 usuli

Ba’zida inson qanchalik olg‘a intilmasin, ishi ortga ketib, omadsizlikka uchraydi. AdMe.ru nashri qiyin vaziyatlardan chiqib ketishning bir necha usullarini sizga tavsiya etadi, asosiysi to‘xtab qolmay, hammasini yangidan boshlash lozim.
1. Sharoitni o‘zgartiring. Ba’zan o‘zingizga mutlaqo notanish, begona joyda bo‘lish ham hayotga boshqacha nazar tashlashingizga sabab bo‘ladi. Kim biladi deysiz, balki bu narsa biror muammoni hal qilishda qo‘l kelar? 
2. Sport bilan shug‘ullaning. Ozgina “yaqin masofaga yugurish” ham insonning o‘ziga nisbatan ishonchini oshiradi. Bekorga xalqimiz “Sog‘lom tanda — sog‘ aql” demagan.
3. Keraksiz, eski buyumlardan voz keching. Uyingiz kengayadigan bo‘lsa, o‘ylash ham, nafas olish ham yengillashadi.
4.Yangi tanishlar orttirish. Atrofimizdagi odamlar fikrlashimizga ta’sir qiladi. Yoqimli, o‘zgacha fikrlaydigan odam bilan tanishish foydadan xoli bo‘lmaydi.
5. Biror kun “bekorchilik” bilan shug‘ullanib, o‘zingizga dam bering. Ba’zi-ba’zida ishni yig‘ishtirib, uyda dam olishga harakat qiling. Bir kun dam olganingizda hech nima o‘zgarmaydi, balki xotirjam bo‘lish va hamma narsani o‘ylab ko‘rish imkoniyati tug‘iladi.
6. Tashqi qiyofangizni o‘zgartiring. Sochingizni boshqa rangga bo‘yang, soch turmagingizni, makiyajingizni o‘zgartiring, liboslaringizni yangilang. Bu narsalar hayotga boshqacha ko‘z bilan qarashingizga yordam beradi. 
7. Maslahat so‘rashdan tortinmang. Agar biror muammoli vaziyatga tushib qolsangiz, maslahat va yordam so‘rashdan uyalmang. Bu masalada onangizga murojaat qilganingiz ma’qul, chunki onalar har qanday vaziyatda ham farzandini tushunishga, qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi.
8. To‘g‘ri ovqatlanishga harakat qiling. Inson stressga tushganda turli fast-fudlarga ruju qo‘yadi, bundan sog‘ligingiz yomonlashishi mumkin. Asabiylashgan vaqtingizda ko‘proq meva va sabzavotlarni iste’mol qilishga kirishing. Ular inson kayfiyatini ko‘tarish xususiyatiga ega.
9. Biror kursga yoziling. Yangi hunar o‘rganish — yangi imkoniyatlar kalitidir. 
10. Chet tilini o‘rganing. Bu olam cheksiz siz unda yashovchi yagona inson emasligingizni eslatishning eng yaxshi usullaridan biridir. Agar birorta xitoycha yoki inglizcha so‘zni o‘rganishga qurbingiz yetsa, hali kelajakdan umid qilsangiz bo‘ladi.
11. Bir oy mobaynida biror zararli odatingizdan voz kechishga harakat qiling. Hamma narsani birdan o‘zgartirishga intilmang, asta-sekinlik bilan amalga oshiring. Masalan, yarim tungacha internetda o‘tirmay, vaqtliroq yotishga harakat qiling. Bir oy mobaynida bunga ko‘niksangiz, keyingi oydan boshqa bir yomon odatdan qutulishga intiling. 
12. Ilgari qo‘rqqan narsangizni bajarishga harakat qilib ko‘ring. Kichkina g‘alaba ham insonga ko‘p narsa berishi mumkin. Qo‘rquvni yengish ham insonning o‘z kuchiga ishonishiga sabab bo‘ladi. 
13. Boshqalarni, o‘zingizni, Koinotni kechirishga harakat qiling. Agar bizni xafa qilgan qilgan odamlarni kechiradigan bo‘lsak, o‘tmish ortda qoladi, u biz uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Demak, kelajak sari qadam tashlashimiz, yashashimiz uchun imkon paydo bo‘ladi.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 17894 | Рейтинг: 1| Рейтинг: 13 usul, tushkunlik, chiqish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное