Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Turk aktyori Murat Yildirim va rafiqasi oltinchi marta farzandini yo‘qotdi

Taniqli turk aktyori Murat Yildirim va uning rafiqasi Iman Elbani bir necha yildan beri farzand ko‘rishni orzu qiladi.

Bir necha hafta avval juftlikning farzand kutayotgani haqidagi xabar ularning muxlislarini quvontirgan edi. Murat ham juda baxtli edi. Biroq bu baxt uzoqqa cho‘zilmadi. Iman Elbani ikki oylik homilasidan ayrildi.
Qayd etilishicha, bu Murat va Imanning farzand ko‘rishga birinchi marta muvaffaqiyatsiz urinishi emas. Iman bundan avval ham besh marta homilasidan ayrilgan.
Yulduzli juftlik ota-ona bo‘lish ilinjida davolanishni davom ettirmoqda.
Ko‘ngilsiz hodisadan so‘ng Murat va Iman Bodrumga hordiq chiqarish uchun yo‘l olgan.
Bir necha kundan so‘ng er-xotin yana Istanbulga qaytadi. Sababi, Murat suratga tushayotgan “Ramo” serialining suratga olish ishlari boshlanadi.


Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9042 | Рейтинг: 0| Рейтинг: farzandini yo‘qotdi, oltinchi marta, turk aktyori, rafiqasi, Murat Yildirim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное