Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Qiziqarli

Tunda iste’mol qilinsa ham vazn ortishiga olib kelmaydigan mahsulotlar

Tunda nimadir iste’mol qilishni yoqtiradigan insonlar avval muzlatkichda qanday mahsulotlar bo‘lishi kerakligini, albatta, bilib olishi zarur.

Har bir insonda tungi odatlar mavjud. Ayrim insonlarda uyquga ketish vaqtida taom iste’mol qilish istagi uyg‘onadi. Ammo qomatga zarar bermaslik uchun nima tanovul qilish kerak? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, hatto kechasi ham iste’mol qilinadigan bir qator xavfsiz mahsulotlar mavjud.

Tuxum

Tuxum ajoyib tanlov. Ular ko‘p kaloriyani o‘z ichiga olmaydi va shuningdek, oqsilning ajoyib manbaidir. Bundan tashqari, tuxumda uyqu sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘lgan triptofan mavjud.

Yogurt

Yogurt ham vazn uchun xavfsiz mahsulotdir. U uyquni yaxshilaydigan va ochlikni kamaytiradigan probiyotiklar va oqsillarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, yogurt qonda shakar darajasini barqarorlashtiradi. Qolaversa, ushbu mahsulot organizm uchun muhim mineral bo‘lgan kalsiyga boy.

Gilos

100 gramm gilos faqat 50 kkalni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, melatonin (uyqu gormoni) ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Bundan tashqari, gilos yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega va yurak-qon tomir tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Asal

Asal kechalari yeyiladigan eng yaxshi mahsulotlardan biridir. U tanadagi melatonin ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va qonda shakar darajasiga foydali ta’sir ko‘rsatishga qodir.

Banan

Banan nafaqat mazali, balki inson uyqusiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan triptofan, kaliy va magniyga boy. Bundan tashqari, sitrus meva vitamin va antioksidantlarni o‘z ichiga oladi.

Yong‘oq

Yong‘oqlarda mavjud bo‘lgan melatonin sog‘lom uyqu rejimini qo‘llab-quvvatlaydi. Ularda magniy ham mavjud. Bu mineral asab tizimini tinchlantiradi va stressni kamaytiradi. Eng yaxshi tungi yegulik – pista va yong‘oq. Asosiysi, juda ko‘p iste’mol qilmaslik, chunki yong‘oq yuqori kaloriyali mahsulotdir.

 



Категория: Qiziqarli
Просмотров: 1851 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tunda, iste’mol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное