Toshkentda YTH: “Matiz” shlakobloklar ostida qolib ketdi
Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan “MAKRO” savdo markazi yonida shlakoblok (g'ishtsimon qurilish materiali) bilan to'ldirilgan “ZiL” yuk mashinasi to'ntarilib ketdi. Hodisa haqida Facebook ijtimoiy tarmog'idagi guruhlarda xabar qoldirilgan.
Shu bilan birga, ta`kidlanishicha, to'ntarilib ketgan yuk mashinasidagi shlakobloklar piyodalar o'tish yo'lagida to'xtab turgan “Matiz” avtomobilini ustiga tushgan. YTH oqibatida avtomobillar jiddiy zarar ko'rdi, baxtli tasodif tufayli odamlardan hech kim jarohat olmadi.