Toshkentning Sergeli tumanidagi eski uylarning buzilishi boshlandi. Bu haqda “Pisma o Tashkente” sayti xabar qilmoqda.
“5-noyabr kuni harbiylar tomonidan 1966-yildagi zilziladan so‘ng qurilgan birinchi ikki qavatli uy buzildi. Ularning o‘rnida yangi yo‘l va ko‘p qavatli uylar majmuasi bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.