Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Toshkentda yangilangan Chevrolet Captiva namoyish etildi

“Uzavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi Toshkent mexanika zavodi maydonida GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqilgan Chevrolet Captiva krossoverining qayta dizayn qilingan versiyasini birinchi marta namoyish etdi. Bu haqda Sputnik xabar qildi. 
Ushbu model shu kunlarda mashinasozlik, avtomobil hamda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish masalalari majmuasi bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan sanoat yarmarkasi doirasida taqdim etildi. 
“Bu model O‘zbekistonda 2007 yil oktabr oyidan boshlab ishlab chiqariladi. O‘tgan yillar davomida u ikki marta o‘zgarishga yuz tutdi – uchinchi o‘zgarish esa uni xalqaro bozor namunalari darajasiga olib chiqadi”, - bildirdi kompaniya vakili. 


Asosan mashinaning tashqi ekstereri o‘zgardi – endi u ko‘proq sport mashinasiga o‘xshaydi. Kuzovning old qismiga muhim o‘zgarish kiritilgan. 
Avto intereri ham zamonaviy yangiliklardan bebahra qolmadi. Uch spisali audiotizim boshqaruv modulli rul chambaragi haydovchilarga ma’qul kelishi aniq.


Manba:kun.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 10600 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Chevrolet Captiva, yangilangan Chevrolet Captiva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное