Toshkentda ob-havo tufayli aviareyslar jadvali o`zgardi
Ob-havo Yangi yil arafasida Toshkent va yaqin shaharlar aeroportlari faoliyatiga ayrim o`zgartirishlar kiritilishiga sabab bo`ldi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
O`zbekiston Milliy aviakompaniyasining Tel-Aviv (HY-304 reysi), Bishkek (HY-778) va Parijdan (HY-252) uchib kelgan samolyotlari erta tongda tuman sababli Toshkentga qo`na olmadi va mamlakatning boshqa shaharlaridagi zaxira aeroportlariga yuborildi.
Sankt-Peterburg (HY-632), Milan (HY-256) va London (HY-202) reyslari, shuningdek, «Turk avialiniyasi"ning Istanbuldan uchgan reysi (TK-368) havoning yaxshilanishini kutgan holda osmonda bir necha marotaba halqa hosil qilgan holda uchib, keyingina poytaxtga qo`na oldi.
Kechasi Dushanbeda ko`rish yomonlashgani sababli Tojikiston poytaxtiga uchgan Rossiyaning Utair kompaniyasiga tegishli ikki samolyot ham Toshkentda qabul qilib olindi. Dubaydan havoga ko`tarilgan FlyDubai reysi (FZ-777) esa ortga, aeroportga qaytib ketishga majbur bo`ldi.