Shu yil 7 yanvar kuni ichki ishlar vazirligi va davlat xavfsizlik xizmati xodimlari o'zaro hamkorlikda bir guruh «jihodchi» ekstremistlarni qo'lga oldi. Ular respublika ichkarisida yurib odamlarni terror tashkilotlariga a'zo bo'lishga da'vat qilish bilan shug'ullangan. Tinch aholi vakillarini qonli «jihod»ga chorlab kelgan. Shubhasiz, ular dunyoda faoliyati taqiqlangan jangari kallakesarlar guruhlari rahbarlarining topshiriqlarini bajargan. Ya'ni, yigitlarni Suriyaga borib jangari kallakesarlar guruhlari tarkibida jinoyatlarga qo'l urishga da'vat qilgan.
Qo'lga olish chog'ida jinoyatchilarning yonidan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, qo'llanma va boshqa shunga o'xshash taqiqlangan buyumlar topilgan.
Hozirda ularning barchasiga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgan.