O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 6-may kuni qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Bu hada “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 6-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +7…+12 daraja iliq bo‘ladi, qolgan hududlarda +12 darajadan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida) +25 darajagacha (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari) o‘zgarib turishi mumkin.
6-may kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +17…+22 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida havo harorati +30 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda esa +35 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
6-may kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, shuningdek, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent shahrida 6-mayga o‘tar kechasi va 6-may kunduzi qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
|