Toshkentda 4-may kuni qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi mumkin
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-may, chorshanba kuni yog‘ingarchilik kutiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, 4-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +3…+8 daraja, Toshkent shahrida +12…+14 daraja iliq bo‘ladi. Qolgan hududlarda +10 darajadan +20 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. 4-may kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +13…+18 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +15…+20 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda havo harorati +20 darajadan +30 darajagacha o‘zgarib turishi mumkin. Chorshanbaga o‘tar kechasi va kunduzi Toshkent shahrida, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining hamda tog‘li hududlarning ayrim joylarida qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi mumkin.