E’tibor bergan bo‘lsangiz iste’dodli xonanda Tohir Usmonovning ijodida qaysidir muddat tanaffus bo‘ldi. Albatta, ijodkorning muhlislari bu haqda tashvishlansa, boshqalarni esa turli hil savollar qiziqtirdi. Yangi yil arafasida muhlislarini qutlash istagida "O‘zbegim taronasi" radiosiga tashrif buyurgan san’atkorni sog‘-salomat ko‘rganimizdan xursand bo‘ldik va ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollariga javob oldik.
Tohir Usmonov
Ohirgi olti oy ijodimda biroz tanaffus bo‘ldi, bu esa sog‘lig‘im ya’ni ovozim ma’lum muddatga yo‘qolib qolishi bilan bog‘liq muammolar sabab yuzaga keldi. Aynan shu davrda yomon tushkunlikka tushib qoldim. Ammo, mana vaqt o‘tib hammasi iziga tushdi. endi esa ana shu o‘tgan vaqtni o‘rnini to‘ldirish istagida yangi yilni yangi videoklip taqdimoti bilan boshlash niyatidaman. Tez kunda bu haqda ma’lum qilamiz. Meni ijodimga befarq bo‘lmagan muxlislarimiz yaxshi bilishadi, repertuarim asosan sho‘x qo‘shiqlardan iborat. O‘ylab ko‘rsam hech mayus ohangdagi qo‘shiqlarim yo‘q ekan. Kelgusi rejalarimdan biri, ijodimga rang-baranglik kiritish maqsadida sokin taronali qo‘shiqlar ham kuylamoqchiman. Ayni kunda bir emas, bir nechta ana shunday taronalar ustida ish olib bormoqdaman va tez kunda bundan muxlislarim xabar topishadi. Bugungi kungacha asosan Bobur Umarov bilan ishlagan bo‘lsam, endilikda Eldor Qayumov, Botir Aliev, Jasur Badalboyev kabi iste’dodli insonlar bilan ham ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ydim. 2015 yilda nasib qilsa samarali mehnat qilish, yangi qo‘shiqlar va ajoyib videokliplar yaratishni oldimga maqsad qilib qo‘yganman.
Tohir Usmonovga sog‘lik salomatlik va kelayotgan yilda ijodiy parvozlar tilaymiz!