Titandan ishlangan smartfon 2500 dollardan sotuvga chiqdi
Gresso lyuks brendi Android bazasida ishlaydigan Radical
Black Edition smartfonlarining cheklangan to‘plamini chiqardi. Jami 100 ta
nusxa sotuvga chiqariladi
Qurilma korpusi yaxlit titan plitasidan tayyorlangan. To‘q
qora rangni hosil qilish uchun uning yuzasiga ko‘p qatlamli PVD-qoplama
surtiladi. Old paneldagi logotip titan, oq yoki sariq oltindan ishlanishi
mumkin.
Gresso Radical Black Edition Android 4.1.2 operatsion
tizimida ishlaydi. U 4,5 dyuymli displey, 1 Gb tezkor, 36 Gb ichki xotira, 8 megapikselli
asosiy kameraga ega.