Aytishlaricha, tananing ma’lum qismlarini massaj qilish tez uyquga ketishga yordam berar ekan. Bir qarashda ishonib bo‘lmaydigandek ko‘rinadi, ammo o‘zingizda sinab ko‘rsangiz bu haqiqat ekanligiga ishonasiz.
1-nuqta
• Qo‘l kaftining rasmda ko‘rsatilgan sohasi yengil aylanma harakatlar bilan massaj qilinadi. Harakatlar yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga tomon bajariladi.
• Massaj harakatlari 2-3 daqiqa davom etishi kerak.
• Bir qo‘l massaj qilingach, ikkinchi qo‘lga o‘tiladi.
2-nuqta
• To‘piqdan 4 barmoq yuqoridagi nuqta topiladi (rasmda ko‘rsatilgan).
• Topilgan nuqta tepadan-pastga, 2 daqiqa davomida aylanma harakatlar bilan massaj qilinadi.
3-nuqta
- Chalqancha yotiladi va oyoqlar tizza sohasidan bukilgancha ko‘tariladi. Bunda qo‘llar oyoqlaringizga yetib turishi kerak.
Shu holatda bir oyoq qo‘lga olinadi va tagining rasmda ko‘rsatilgan qismi bosib massaj qilinadi. Nuqta aylanma harakatlar bilan uqalanadi.
4-nuqta
• Qo‘llarni shunday buringki, qo‘l kafti yuqoriga qaragan bo‘lsin.
• Qo‘lning bukiladigan qismidan uch barmoq pastdagi nuqta topiladi (rasmda ko‘rsatilgan).
• Topilgan nuqta tepadan pastga tomon massaj qilinadi. Massaj har bir qo‘lda 1 daqiqa davomida bajariladi.
5-nuqta
• Bosh chanog‘ining orqa qismi (rasmda ko‘rsatilgan) aylanma harakatlar bilan tepadan pastga massaj qilinadi.
• Massaj davomida chuqur nafas olinadi.
• 1,5-2 daqiqa davomida bajariladi.
Yuqorida keltirilgan massaj usullarini yaxshilab o‘rganib, keyin o‘zingizda sinab ko‘rishni tavsiya qilamiz.