Telefon qo‘ng‘iroqlariga javob beruvchi kotib-mushuk YouTube yulduziga aylandi
Qo‘ng‘iroq chalayotgan telefonga yugurib kelib, go‘shakni ko‘tarayotgan Jaks laqabli mushuk YouTube foydalanuvchilari suyuklisiga aylandi. Huffington Post xabariga ko‘ra, foydalanuvchilar “kotib” deb erkalagan mushuk ishtirokida video to‘rt kun ichida 88 ming marta ko‘rildi.
Videoning tavsifida Jaksning egasi — Lea Branton uzoq vaqt davomida unga hech kim qo‘ng‘iroq qilib tusha olmayotganini tushuna olmayotganini aytgan. “Qaynonam har safar qo‘ng‘iroq qilganida meni go‘shakni qo‘yib qo‘yyapti, deb o‘ylabdi. Biroq meni o‘rnimga har safar go‘shakni mushuk ko‘tarayotgan ekan”, — deb yozadi ayol.
Brantonning so‘zlariga ko‘ra, u telefon bilan sodir bo‘layotgan g‘alati hodisalar sababini bilganidan so‘ng, Jaks “kotiblik” vazifasini qanday qilib bajarayotganini videoga tushirishga qaror qilgan. Videoda jonivor qo‘ng‘iroq chalayotgan qurilmaga yaqinlashib, go‘shakni ko‘tarib, keyin miyovlab, qochib ketayotganini ko‘rish mumkin.
Branton mushukning telefonga nisbatan muhabbati bilan bog‘liq muammoni kelajakda qanday qilib hal qilmoqchi ekanligiga aniqlik kiritmagan.