Savdo markazlarida tekinga narsa berishyaptimi? Uni rad eting...
Butik, go‘zallik saloni, restoran va boshqa o‘rinlarda pulingiz o‘zingiz bilmagan holda bepul xizmatlar va katta bo‘lmagan sovg‘alar tufayli ketib qoladi. Masalan, sochingizni turmak qiluvchi usta oldida navbat kutib o‘tirganingizdagi bir piyola choy sizning hamyoningizni quritishi mumkin. Magazin kassasidagi shaffof vazada turgan konfetlar mana shuni ko‘zlab turishibdi. Yana buyurtmangizni tayyor bo‘lgunicha oshpazning sizga ko‘rsatgan iltifoti ham qopqondir. Bu kabi xayrixohlik va e’tibor tagida sizning mana shu brendga sodiqligingizni tarbiya toptirish maqsadi yotibdi. Shunday ekan, agar ortiqcha pul ishlatishni istamasangiz, hech narsani tekinga olmang.
Bu hatto ilmiy jihatdan ham isbotlangan. Inson — ijtimoiy jonzot. U sovg‘alardan minnatdorlik his qiladi va uni qaytarish istagi paydo bo‘ladi. Yoki xizmatga xizmat bilan javob bergisi keladi. Miya, ong osti savdo o‘rinlaridagi bu kutilmagan sovg‘alarni qarz sifatida qabul qilib, sizni burchli his etishga majbur qiladi.
Alal-oqibat, istar-istamas bu ong ostidagi qarzni keraksiz xaridlar, bahoning oshishiga bo‘lgan beparvo va vazmin munosabatimiz, tanishlarimizga brendni tavsiya etish va boshqalar bilan to‘lashga intilamiz. Mana bir chashka tekin kofening ko‘rsatayotgan karomati.
Marketolog va biznes odamlariga bu yaxshi ma’lum. Shuning uchun sizni manipulyatsiya qilishlarini istamasangiz, hech qachon hech narsani tekinga olmang. Bizning dunyoda hech narsa bepul berilmaydi.