Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Merlin-Soundtreck
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Kuz ertagi-soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Tarvuz urug‘ini yesa bo‘ladimi?


Tarvuz yeyishni yoqtirasiz-u, lekin bemaza urug‘lari lazzatlanishga qo‘ymaydi va ulardan tezroq qutulishga urinasiz. Biroq endi ularni tashlab yubormang. Negaligini hozir bilib olasiz.

Yoz, quyosh qizdiryapti, umuman ovqatlangingiz kelmaydi, oddiy suv esa jonga tegdi. Vaziyatdan chiqishning eng maqbul yo‘li: sovitkichdan yangi kesilgan tarvuz pallasini olib paqqos tushirish.

Bu kattakon meva 95 foiz suvdan iborat. Shu bois u salqinlanib olish uchun ayni muddao — faqat shu tarashadek qattiq, qopa-qora urug‘lari bo‘lmasa edi.

Hatto seleksionerlar tarvuzning o‘ziga xos urug‘siz navlarini yaratish ustida bosh qotirishmoqda. Oddiy tarvuzni iste’mol qiluvchilar esa qora urug‘ini shunchaki chiqarib tashlashadi. Ammo bekor qilishadi... Tarvuz urug‘i foydali — buni kimsan nemislarning «Fit for Fun» portali yozyapti.

Miya va mushaklar uchun oziqlantiruvchi modda

Tarvuz urug‘i aslida oziq moddalarining haqiqiy xazinasi. U tanamizni ko‘p miqdordagi qimmatbaho mikroelementlar bilan ta’minlashga, shuningdek, miya, suyak va mushaklarni mustahkamlashga qodir.

Urug‘ tarkibida A, V va S vitaminlari, magniy, kalsiy va to‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjud. Bundan tashqari, tarvuz urug‘i — temirning ajoyib manbai. Garchi bu qimmatbaho tarkibiy moddalarning bari tarvuz etida bo‘lsa ham, suvi ko‘pligi bois konsentratsiyasi juda kam.

Muhimi yaxshilab chaynang

Shu bois: urug‘ini eti bilan birga yeng. Tanaga haqiqatan foyda keltirishi uchun ularni maydalash, yaxshilab chaynash kerak, yaxshilab? (Aks holda butun urug‘ hazm bo‘lmaslik bilan birga ichaklarda yallig‘lanishini keltirib chiqarishi mumkin.)

Urug‘ning tarvuz ta’mini buzishidan xavotirlansangiz, alohida iste’mol qilsangiz ham bo‘ladi.

Tarvuz urug‘ini nima qilish mumkin?

Qora urug‘ni tovada tuz va zaytun yog‘ida qovurib, pista o‘rnida chaqish mumkin. Yana shu tariqa qayta ishlangan urug‘ salat yoki yangi yopilgan nonga o‘zgacha maza beradi.

Quritilgan urug‘ni qahvamaydalagichda maydalab, smuziga aralashtirish yoki choy damlab ichish mumkin. Ustiga-ustak, u peshob haydash xususiyatiga ega bo‘lib, buyraklarni tozalashda yordamlashadi.



Manba:xabar.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 2474 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tarvuz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное