Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Великолепный Век-Soundtreck 3
Главная » Файлы » SOG'LIK

Tarvuz shifobaxsh bo‘lishi uchun qaysi paytda iste’mol qilish kerak?

Tarvuz mamlakatimiz poliz ekinlari qadim zamonlardan beri yetishtiriladi. O‘zbekiston o‘zining shirin ta’mli va ajoyib shifobaxsh xususiyatlarga ega poliz mahsulotlari bilan dunyoga dong taratgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri yozadi. Tarvuzning etida glyukoza, fruktoza va saxaroza ko‘rinishida to‘planadigan 12 foizgacha yengil o‘zlashtiriladigan qandlar mavjud. Shuningdek, unda C, B1, B2, A, foliy kislotasi, pektin moddalari, karotinoidlar, kaliy tuzlari, temir, magniy va kalsiy moddalari, aminokislotalar ham bor.
Tarvuz qadimdan dori vositasi sifatida qo‘llaniladiOlim tabib Mahammad A’zamxonning “Buyuk ummon” asarida tarvuzning etini yilning issiq davrida paydo bo‘ladigan kuydiruvchi bezgakda foydalanish haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. Tarvuzni jigar kasalliklarida, qon quyulib qolishida va organizmdan shlaklarni chiqarishda qo‘llashgan. O‘rta asrlarda arablar “agar tarvuz muntazam ravishda ovqatdan oldin tanovul qilinsa, badanni tozalash va undagi kasalliklarni olib chiqish” xususiyatiga ega bo‘lishi haqida gapirishgan. Qadimgi hind tabiblari sanskrit yozma manbalarida tarvuz butun organizmni yumshatishi va peshob haydovchi vosita sifatida yaxshi ekanini ta’kidlashadi.
Tarvuzning shifobaxsh xususiyatlari zamonaviy tibbiyotda ham qo‘llanadi
Xususan, tadqiqotchilar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tarvuz tarkibidagi foliy va askorbin kislotasi boshqa moddalar bilan birgalikda sklerozga qarshi ta’sir ko‘rsatar ekan. Tarvuzning suvi artrit, podagra, ichak kasalliklari, ateroskleroz kabi kasalliklarni davolashga yordam beradi. Uning peshob haydovchi xususiyati yurak va buyrak kasalliklari bilan bog‘liq a’zolardagi shishlarni yo‘q qiladi. Jigar xastaliklarida tarvuz suvi organizmdan ortiqcha suyuqlik va shlaklarni chiqaribgina qolmasdan, jigar to‘qimalarini yengil o‘zlashtiriladigan qandlar bilan ham ta’minlaydi. 
Turli ilmiy manbalarga qaraganda, organizmda suyuqliklarni ushlab turmasdan kechadigan buyrak toshi, sistit, nefrit va pielonefrit kasalliklarida sutkasiga 2,5 kg gacha tarvuz tanovul qilish tavsiya etiladi. Tarvuz buyraklar va peshob yo‘llarini achishtirmaydi. Shifobaxsh ozuqa sifatida kamqonlikda qo‘llaniladi, tarkibidagi fruktoza esa qonda qand moddasi ko‘p bo‘lganida ham organizm tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, shu bois uni qandli diabetda ham tanovul qilish mumkin. 
Aytish joizki, poliz ekinlarini yetishtirishda unga beriladigan ortiqcha azotli o‘g‘itlar tarvuzlarning ozuqaviylik va shifobaxsh xususiyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Savdoga chiqariladigan tarvuzlar sanitariya-epidemiologiya xizmatlari tomonidan kimyoviy tahlildan o‘tkaziladi. Shuning uchun poliz mahsulotlarini xarid qilayotganda sotuvchilardan tegishli sertifikat bor-yo‘qligini so‘rang. 


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 11720 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shifobaxsh, Tarvuz
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:34
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное