Taniqli xonandalardan biri mikroinsultni boshdan o`tkazdi
Xonandaning ukasi u haqdagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Azamat Sharipov avtohalokatga uchrab, ayni vaqtda ahvoli og`ir ekani haqida gap-so`zlar tarqalib ketdi. Xonandaning ukasi Islom Sharipov “Daryo” ga bergan intervyusida avtohalokat haqidagi mish-mishlarni rad etdi
«Akam 17 sentyabr kuni mikroinsultni boshdan o`tkazib, uyda yotib qoldi. Ba`zi birovlar buni ‘Azamat Sharipov avtohalokatga uchrabdi, ahvoli og`ir ekan’, deb, turli gap-so`zlarni tarqatib yuboribdi. Shundan beri odamlar, do`stlarimiz xavotir bilan bizga qo`ng`iroq qilishmoqda», — deydi xonandaning ukasi.
«Hozir akamning ahvoli yaxshi. Biroz vaqt yotib qolganlari bilan, odamlar aytganidek og`ir ahvolda emaslar. Salomatliklarini tiklab bormoqdalar. Har xil gap-so`zlarga chek qo`yish maqsadida sizlarga murojaat qilgan edim», — dedi Islom Sharipov.