Xosiyat Husanovaning vodiylik muxlislari qo‘ng‘iroq qilib aktrisa ham sentyabr oyidagi to‘ylarni rad etayotgani haqida xabar berishdi.
Muxlislar bergan ma’lumotga oydinlik kiritganimizda esa ular haq bo‘lib chiqdi: haqiqatan ham O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Xosiyat Xusanova ayni damda homilador. Sahifamizdagi suratda ham buning isbotini ko‘rib turibsiz. Sentyabr oyida ko‘zi yorishi kutilayotgan aktrisa “to‘ylarga rad javobini berayotganim yolg‘on” – deydi biz bilan suhbatda. ESLATIB O‘TAMIZ: 47 yosh ostonasida turgan Xusanovaning 18 yoshli qizi bor.