O‘zbek kinosida yangi filmlar suratga olinib, omma etiboriga havola etilayotgani haqida ma’lumotlar berib bormoqdamiz. Bu kinokartinalar qaysidir jihati bilan bir biriga yaqindek. Ayni damda suratga olish ishlari qizg‘in olib borilayotgan “Tanho yulduz yohud Seni o‘zim boy qilaman” filmi esa boshqa kartinalardan butkul fark qiladi. “Ortiqcha omad”, “Qalb ko‘zgusi”, “ 7 - haykal”, “Jigarbandim” filmlarining rejissyori Sanjar Shodiev tomonidan tasvirga oliniyotgan yangi mazkur yulduzli kinokartina barchani birdek e’tiborini o‘ziga tortishi turgan gap.
Sanjar Shodiev har bir kinosida o‘zgacha yo‘nalish, o‘zgacha shijoat va kayfiyat bilan yondashishi barchaga ma’lum. “Tanho yulduz yohud seni o‘zim boy qilaman” ana shunday kartinalar sirasidandir. Buni birgina film g‘oyasi-yu ijodiy jamoadan bilib olish mumkin. Abduvahob G‘aniev operatorligida suratga olinayotgan bu filmning ssenariy muallifi Zulhumor Soliyev. Filmning asosiy g‘oyasi shou-biznes hayotini qamrab olgan bo‘lib, real voqealarga asoslangan va badiiy to‘qimalar bilan sayqallangan.
Kinokartinada bir qator mashhur aktyor va aktrisalar, shuningdek taniqli xonandalar kutilmagan obrazlarda namoyon bo‘ladi. Jumladan filmda Abduvali Rajabov, Ravshan Sobirov, Javohir Zokirov, Adiz Rajabov, Shohida Ismoilova, Zarina Nizomutdinova, Saida Rametova, Abduraim Abduvahobov, Said Muxtorov, Mirza Azizov, Sanjar Shodiev, Alisher Otaboyev, Zuhra Soliyev va boshqa 30-40 nafar taniqli yulduzlar jalb etilgan. Kartinada mahoratli aktyor Adiz Rajabov hozircha sir tutilayotgan ijodkor bilan film uchun duet tarona kuylashi kutilmoqda.