Dunyodagi eng badavlat insonlardan biri Mark Sukerbergning rafiqasi Prissella shu kunlarda internet tarmog‘ida keng muhokama qilinmoqda. Prissellani go‘zal ayollar safiga qo‘shish mushkul. Xo‘sh, bu ko‘rimsizgina ayol qaysi jihati bilan Sukerbergni o‘ziga rom etdi?
2004 yilda Mark hali talabalik paytidayoq Prissella bilan tanishadi. Bo‘lajak milliarder ko‘rimsizgina qizni samimiyligi va ochiqko‘ngilligi uchun sevib qoladi. Prissella Mark uchun eng yaqin insonga aylandi. U Mark yaratmoqchi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqning muvaffaqiyat qozonishiga astoydil ishonardi. Qizning qo‘llab-quvvatlashi Markni ilhomlantirardi. Sukerberg tanila boshlagandan so‘ng ham Prissellani jamoatchilik e’tiboridan yashiradi. Sababi u keng ommaga shahsiy hayotini oshkor qilishni istamas edi. Kunlardan birida jurnalistlar tobora puli ko‘payib borayotgan Mark Sukerbergning sevgilisi borligini eshitib, hayron bo‘lishadi. Ular Sukerbergning bo‘lajak rafiqasi ham o‘zidek badavlat, mashhur va sohibjamol ekanligini taxmin qilishgandi. Ammo ularning taxminlari to‘g‘ri chiqmadi: Sukerberg ko‘ngil qo‘ygan inson Prissella-ko‘pchilikning fikricha didsiz, xunuk va kamtargina bo‘lib chiqdi.
Ularning birga tushgan suratlarini tomosha qilib, yoshlarni “yulduzli” juftlik deb bo‘lmaydi. Kamtargina va odmi kiyimdagi Sukerberglar ko‘pchilik amerikaliklardan umuman farq qilmaydi.
2011 yilda Mark Prissella bilan aloqalarini bir umrga nikoh rishtalari bilan bog‘lashga qaror qildi. Milliarder bu xabarni jamoatchilikdan sir tutishga qaror qiladi. Ammo Bill Geyts o‘z intervyularidan birida Prissellani Markning rafiqasi ekanligini aytib qo‘yadi va sir oshkor bo‘ladi.
O‘sha yilning may oyida Mark va Prissella turmush quradi. Ular to‘ylarini dabdabadan xoli, kamtarona nishonladi. To‘yga faqatgina ikki yoshning eng yaqin qarindoshlari va do‘stlarigina taklif etildi.