Stomatolog pul uchun mijozining 22 ta sog`lom tishini olib tashladi
Sankt-Peterburgdagi xususiy klinikalaridan birida ishlovchi stomatolog ayol pul topishning yangi usulini o`ylab topdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Pul topishning bunday usuli noqonuniyligi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Stomatolog ayol 43 yoshli mijozini aldab, uning 22 ta sog`lom tishini olib tashladi va xizmati evaziga 843 ming rubl pul oldi. U sog`lom tishlarni olib tashlash bilan birga mijoziga eng past sifatli tish qo`ydi.
Stomatologning xizmatidan norozi bo`lgan mijoz ayol ariza bilan polisiyaga murojaat qildi. Shundan keyin 40 yoshli stomatolog ayolga nisbatan Rossiya federasiyasi Jinoyat Kodeksining 159-moddasi, ya`ni “Firibgarlik” bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Tergov stomatolog ayolning shunga o`xshash boshqa jinoyatlarni amalga oshirgani haqidagi ma`lumotlarni ham surishtirmoqda.