Qarshingizda aqlli yoki aksincha, nodon odam turganini bilishni istarmidingiz? O‘zingizni birovlardan aqlliroq deb hisoblaysizmi? Buni aniqlay olish inson hayotining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Quyida buni qanday aniqlash usullarini o‘rgatamiz...
“Aqlli” insonlarning 10 ta belgisi
1. Ular ishlaganlari kabi ko‘p gapirishmaydi. Aqlli inson boshqalarni tinglab turib ham ko‘proq narsani o‘rganib olish mumkinligini yaxshi bilishadi.
2. Ular o‘zlari ixtisoslashgan soha bilimlaridan tashqari ko‘p narsalarni bilishadi. Bunday insonlarning o‘ziga xosligi shundaki, boshqalar shug‘ullanayotgan yo‘nalishlarga ham qiziqadi.
3. Aqllilar o‘z ishlari, shaxsiy hayoti, uyini ham yengillik bilan boshqara oladi. Barini bir muvozanatda saqlashdan charchashmaydi. Bunday insonlar biron-bir faoliyat bilan shug‘ullanish vaqtida, ishdan tashqari bo‘lgan yumushlarni ham 100 foizlik natija bilan bajara oladi.
4. Aqllilar o‘zlarini foydali va dolzarb ma’lumotlar bilan boyitishni bilishadi. Bunday insonlar ijtimoiy tarmoqlarga kirganida ko‘pincha yangiliklar tasmasini ko‘zdan kechirishadi. Shu orqali ular jahon trendlaridan xabardor bo‘lib, jamiyatning “kayfiyatini” o‘rganishadi.
5. Hayotda hammasi rejalashtirilganidek ketmasa ham, ular kulishda davom etadi. Aqlli odamlar hech qachon biror narsadan hayratga tushmaydi. Chunki ularning aqlli miyasi qandaydir bir yomon voqea sodir bo‘lishidan avval kerakli variantlarni tayyorlab qo‘ygan bo‘ladi.
6. Bunday insonlar o‘zlari o‘tirgan xonada eng aqllisi ekanliklarini bilishadi va buni kimgadir isbotlash uchun vaqtlarini behuda sarflashmaydi.
7. Agar aqlli inson rahbaringiz bo‘lsa, unda u o‘zi bilan birga ishlaydiganlarning ham aqlli bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.
8. Aqllilarda yashirin qobiliyatlar ham bor va bu qobiliyatlarni kerak bo‘lmaguncha oshkor qilishmaydi.
9. Ular oliy ma’lumotga ega bo‘lishlari yoki aksincha, bo‘lmasliklari ham mumkin. Aqlli inson bilan suhbatlashganda uning rezyumesini ko‘rmay turib, aynan qaysi mutaxassislik bo‘yicha tahsil olgani, ma’lumoti qanday ekanligini bila olmaysiz. Sababi, bundaylar har qanday sohaga oid mavzuda bemalol fikr bildira oladi.
10. Aqlli odamlar hech qachon sizni ahmoq qilmaydi. Chunki ular kimnidir ahmoq qilish o‘zining ahmoq bo‘lib ko‘rinishiga sabab bo‘lishini bilishadi.
Mana, siz aqlli insonlar qanday bo‘lishini bilib oldingiz. Agar ulardan biri bo‘lishni istasangiz, yuqoridagilarga amal qiling.
“Atrofimizdagi biz ko‘rib turgan narsalarning bari bizdan-da aqlliroq insonlar tomonidan o‘ylab topilgan. Inson narsalarni o‘zgartirish, ularga ta’sir ko‘rsatish va yangisini yaratish qobiliyatiga ega” – Stiv Jobs.