Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shuhrat Qayumovning konsert dasturi haqida batafsil

Kuni kecha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov o‘zining navbatdagi jonli ijrodagi konsert dasturini ilk kunini taqdim etdi. Uch qismni o‘z ichiga olgan mazkur dastur “Shukrona” qo‘shig‘i bilan start oldi. Shundan so‘ng barchaning sevimli kompozisiyalari bo‘lgan “Sensiz hecham”, “Ayriliq” ijro etildi. Katta ekranda esa kliplari namoyish qilindi. Shundan so‘ng ketma-ket  “Aziz yorim”, “Farzandlarim onasi”, “O‘xshaydi-ku” hamda “Oq atirgullar” duetini kuyladi.

Ikkinchi blok esa dillarni larzaga keltiruvchi monolog bilan boshlandi va “Ona” nomli taronaga ulanib ketdi. Bu qo‘shiq barcha tomoshabinlarni yig‘latdi. Xonandaga qo‘shilib barcha muxlislarning ko‘ziga yosh to‘ldi. “Otam” deb nomlangan qo‘shiqni kuylab, xonanda padari buzrukvoriga ta’zim qilib, guldasta tutqazdi. Yangi ijod namunalaridan bo‘lgan “Qo‘sh olma” taronasi konsertni davomladi.

Shundan so‘ng ayollar to‘g‘risida o‘ta qiziqarli, hayotiy monolog ijro etildi. Xonanda mazkur monoligni “Ayoli bor” nomli qo‘shig‘i bilan davom ettirdi. Shuhrat Qayumov ustozlari, hamkasblarini yod etib, do‘sti Muslimbek Yo‘ldoshev so‘zi bilan yaratilgan “Xotira” nomli qo‘shig‘ini ijro etar ekan, ekranda suratlari namoyish etilgan diktorlarni ko‘rib, “Eh qanday odam edi?” – deya o‘ksib, xafa bo‘lib gapirishdi. Hattoki, ko‘zlaridagi yoshni ushlab turolmadilar. Marhum ustoz O‘ktam Jobirov, Davron Zunnunov, Mirzohid Rahimov, Rahmatilla Mirzaev, Abdumo‘min O‘tbosarov, Dildora Qayumova kabi hamkasblari nomini birma-bir sanab, ularni yod etdi.

“Munojot”ni kuylaganida esa onaxonlar miriqib raqsga tushishdi. Shu bilan ikkinchi blokka ham yakun yasaldi. Qisqa tanaffusda sozandalar “Tamanno” kuyini maromiga yetkazib chalishdi. Konsertning uchinchi qismi yangi sho‘x va raqsbop “Yo‘g‘-ey” deb nomlangan qo‘shiq bilan boshlandi. Taronalar ketma-ketligidan “Siz o‘shamu?”, “Bu hayot” qo‘shiqlari joy oldi.

“Bildim bugun”, “Ketma yonimdan taronalari esa barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. “Bir diktor” deb nomlangan kompozisiya konsertga yakun yasadi. Jonli ijrodagi mazkur konsert ko‘ngildagidek o‘tdi. Tashrif buyurgan har bir mehmon dasturdan mamnun bo‘lib manzillari tomon oshiqar ekan, bir-birlari bilan o‘zaro konsert haqida iliq fikrlar bildirib, xonandaga omad tilashdi. 


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3109 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Shuhrat Qayumov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное