Bir necha kun avval xonandaning salomatligida jiddiy o‘zgarish borligi va u Moskvaga davolanishga ketgani hakida xabar bergan edik.
Shundan so‘ng Qayumovning ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga tinimsiz xabarlar, hol so‘rash maktublari tinmayotgani, hattoki 80 yoshli onaxonlar ham qo‘ng‘iroq qilishayotganini xonanda suyunib gapirdi.
Muxlislarning savollariga javob berish maqsadida Darakchi.uz’ga quyidagilarni ma’lum qildi:
– Ahvolim juda yaxshi, men tuzukman! Havotirga o‘rin yo‘q! Meni eslab qaygurganlarga katta rahmat. Shunchaki kuchli shamollashdan keyin reabilitatsiya uchun, yozgi tatilga chiqqan pallamda dam olishga kelgandim. Tez orada ona diyorimda, muxlislarimning qaynoq bag‘irlarida bo‘laman va xizmatlariga shayman.