“Yo‘g‘-ey” nomli qo‘shig‘i bilan tinglovchilar e’tiboriga tushgan yosh xonanda Yunusbek Yusupov kecha, 28 iyun o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu haqda xonandaning o‘zi tahririyatimizga qo‘ng‘iroq qilib xabar berdi.
“Ayni damda o‘zimda yo‘q xursandman. Hali ism qo‘yganimizcha yo‘q. Onam Asilbek deb ism qo‘yamiz deyaptilar”, deydi xonanda biz bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, Yunusbek Yusupov O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning shogirdi. U 2015 yilning 8 sentyabrida turmush qurgan edi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan xonanda Yunusbek Yusupov muborakbod etib, chaqaloqqa sihat-salomatli va uzoq umr tilab qolamiz.