Dunyoning eng badavlat shou-biznes vakillari nomi e’lon qilindi
Yangi yil arafasida barcha sohalar o‘z natijalarini sarhisob qiladi. Forbes jurnali moliyaviy tomondan eng boy shou-biznes vakillari nomini ma’lum qildi.
Bu yil mazkur ro‘yhatga Keti Perri boshchilik qildi. Keti joriy yilda 135 million dollar ishladi. Perriga bu sohada faol konsert faoliyati, H&M, Claire`s, Covergirl va Coty brendlari bilan tuzgan reklama shartnomalari yordam berdi.
Top-10 ichiga kantri-qo‘shiqchi Gart Bruks (90 million dollar), Teylor Svift (80 million) va uning do‘sti Kelvin Xarris (66 million), Jastin Timberleyk (63,5 million), reper P.Diddy (60 million), va Ledi Gaga (59 million)lar kirdi.