Shohruhxon va Asal to‘ydan oldingi fotosessiyani o‘tkazishdi
Bugun, 6 aprel kuni yana bir o‘zbek shou-biznesi vakili, aktrisa Asal Shodiyeva ham tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan aktrisaning tanish-bilishlari, do‘stlari va muxlislari uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tug‘ilgan kun bilan tabriklamoqda.
Xususan, xonanda Shohruhxon o‘z sahifasiga Asal bilan tushgan yangi rasmini joylashtirib, uni “Jiddiy kun bilan!” deya izohladi. Ushbu suratga izoh qoldirayotgan boshqa internet foydalanuvchilari avvalambor, Asalni tavallud ayyomi bilan tabriklab, surat xonanda va aktrisaning to‘ydan oldingi fotosessiyasiga tegishli ekanligini taxmin qilgan. Shohruhxon bu mavzudagi savollarni hozircha ochiq qoldirmoqda.
Shu o‘rinda Asal Shodiyeva ham o‘zining Instagram`dagi sahifasiga yangi surat joylab, uni “Bizda yangi fotosuratlar” deya izohladi. Bu surat Shohruhxon bilan tushgan surat bilan bir vaqtda ishlanganini payqash qiyin emas. Ularni suratga olgan Sadikovphotography`ning asosan to‘y uchun fotosessiyalar suratga olishini inobatga olsak, internet foydalanuvchilarining xonanda va aktrisa to‘ydan oldingi fotosessiyani o‘tkazishgani haqidagi taxminlari o‘z tasdig‘ini topadi.
Ularning munosabatlari qay tarzda rivojlanishini esa vaqt ko‘rsatadi.
Nimaga doim ayollarni familiyasini noto'g'ri yozasizlar? Asal Shodiyevani doim Asal Shodiyev deb yozasizlar. Avvaliga bu imloviy xato deb o'yladim. Endi esa menimcha ayollar va erkaklar familiyasidagi farqni bilmaysizlar nazarimda...
bu imloviy hato desak ham bo'ladi sababi kiril yozuvidan lotin yozuviga maxsus dastrur avtomatik tarzda o'giradi, shunda ayrim sabablarga ko'ra ayollar familyasida "a" harfi tushib qolyapti!