Oilali degan maqomga erishish baxtini tuyishni istayotgan xonanda Shohruhxon o‘y va kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar beradi “Sug‘diyona” gazetasi.
Xonanda o‘zining to‘yi bo‘ladigan kunni kutib yashayotganini ma’lum qildi: “Chiroyli oilam, bolalarim bo‘lishini istayman. Ularni insofli insonlar qilib tarbiyalashni, birga maza qilib o‘ynashni xohlayapman. Menimcha, buning fursati yetdi”.
Shohruxxon mahzun ko‘zlari qachon kulishini ham ta’kidlab o‘tdi: “Do‘stlarim, yaqinlarim davrasida doim kulib yuraman. Oxirgi paytlari bolalarni ko‘rganimda, ko‘zlarim boshqacha chaqnayapti. Farzandlarimni qo‘limga olganimda, boshqacha porlay boshlasa kerak”.