Shohruhxon tasavvuridagi oilasining suratini chizdi
Xonanda Shohruhxon “Milliy” telekanali orqali namoyish etiladigan ko‘rsatuvda ishtirok etdi.
Ko‘rsatuvda psixolog xonandadan tasavvuridagi oilasining suratini chizishni so‘radi. Shohruhxon o‘zini onasi va rafiqasining o‘rtasida tasvirladi. U, shuningdek suratda ikki nafar farzandlarini ham aks ettirdi.
Xonandaning ma’lum qilishicha, ushbu ko‘rsatuv 6 sentabr kuni efirga uzatiladi. Mazkur surat qanday ma’noni anglatishini esa ko‘rsatuv orqali bilib olish mumkin.
Avvalroq, Shohruhxon o‘rtasidan bo‘lingan yurak rasmini Instagram`ga joylab, muxlislarini xavotirga qo‘ygan edi. Keyinroq, xonandaning ma’muri bu suratni yangi qo‘shiqning piari deya izohlagan edi.