Shohruhxon: “Bu bola odam bo‘lmaydi, deyishgandi...”
Xonanda Shohruhxon o‘zining Instagram`dagi sahifasiga bolaligidagi suratini joyladi va unga quyidagicha izoh qoldirdi:
“25 yil avvalgi surat. O‘shanda ‘Bu bola odam bo‘lmaydi’, deyishgandi. Biroq menga omad kulib boqdi. Meni qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat!”
Mazkur surat qisqa muddat ichida 5000 ga yaqin “layk” yig‘di. Izohlarda esa xonandaning muxlislari uning qo‘shiqlarini sevib tinglashlarini ta’kidlab o‘tgan.
“25 yildan keyin esa hamma sizga havas qiladi”,—deb yozdi xonandaning muxlislaridan biri.