Shohjahon Ergashev AQSHda o‘tgan jangda raqibini nokautga uchratdi
Professional boksning super yengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (23-0, 20 KO) o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 11-avgust tongida o‘tkazdi.
AQSHning Detroyt shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Shohjahonga Meksika vakili Anxel Martines (14-2-2, 14 KO) raqiblik qildi. Jang o‘zbekistonlik bokschining ustunligida boshlandi.
5-raundga kelib Ergashev raqibini nokdaun holatiga tushirdi, biroz o‘tib zarbalar seriyasini yog‘dirdi va hakam texnik mag‘lubiyatni qayd etdi.