Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Pazanda - Sad Love
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Tanho malagim - Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Vorislar - Some Other Day (serial korea)
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shodiya To`xtaeva: “Mish-mishlardan yiroqdaman”





O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi, teletomoshabinlarga esa kinodagi salbiy rollari bilan tanilgan Shodiya To`xtaeva “Qisqa va lo`nda” loyihasi mehmoni...

Mavsum yangiligi
"Sadoqat" filmida bosh rolni ijro etyapman. Men yaratayotgan obraz juda dardli, o`z farzandidan ayrilgan ayol holatini ochib berishim kerak. Dramatik serialdagi ushbu rolimni tomoshabinlar munosib baholashadi, deb o`ylayman. Bundan tashqari Pokiston davlati kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan "Uyimdagi begona" serialining  dublyaj jarayonlari bilan ham bandmiz. Tez kunlarda uni ham tomosha qilishingiz mumkin.

Jahlim chiqqanda
Inson har qanday vaziyatda o`zini tuta bilish kerak. Bu har kimning o`zi uchun foydali. Masalan, men hech qachon jahlimni birovga ko`rsatmayman. Doim tilimni tishlab, ortiqcha gapirmaslikka harakat qilaman. 

Fobiya
Hashoratlardan juda qo`rqaman. Ayniqsa, o`rgimchaklardan. Mana sirimdan bugun hamma habardor bo`ldi. 

Stil
Men klassik uslubda kiyinishni ma`qul ko`raman. Dam olish yoki sayyohatga otlanganimdagina sport uslubiga murojaat etishim mumkin. 

Oila
Oila mavzusida ko`p gapirishni yoqtirmyaman. Biroq bugungi loyiha bundan mustasno. Ikki yoshdan oshgan Maryamxon ismli qizim bor.  Juda aqlli, zukko, ziyrak. Nutqi ravon.  O`zbek va rus tilida yigirmagacha sanashni biladi. Ayni vaqtda bola tarbiyasi bilan band bo`lganim uchun teatrdan ta`tilga chiqqanman. Tez kunlarda albatta ishga qaytaman.

Yoqtirmaganim
Ko`cha-kuyda, turli tadbir va yig`ilishlarda odobsiz insonlarni ko`rsam jahlim chiqadi. Undaylarni ajratib olish qiyinmas, ular omma oldida o`zini noto`g`ri tutib, qanday insonligini bildirib qo`yishadi.

Kitob
Kitob mutolaa qilishni juda yaxshi ko`raman. Kitob mening eng yaqin do`stim. Hech kim berolmagan eng yaxshi maslahatlarni u beradi. Tushkun kayfiyatdan chiqaradigan ham kitob. 

Tushkunlik
Men uchun eng qo`rqinchli va hech qachon duch kelishni istamaydigan holatlardan biridir. Iloji boricha u holatdan tezroq chiqishga va kayfiyatimni ko`taradigan narsalar bilan shug`ulanishga, ko`proq yaxshi insonlar bilan suhbatlashishga harakat qilaman. 

Xafa qilsam
Birovning ko`ngligini og`rita olmayman. Agar bilmay kimnidir xafa qilsam, albatta o`sha zahotini kechirim so`rmayman.  

Mish-mish
Men baxtli san`atkorlardan biri bo`lsam kerak. Ijodimni boshlaganimdan buyon o`zim haqimda biror marta ham noo`rin va tuhmat gaplar eshitmaganman. Doim mish-mishlardan yiroqdaman. Agar mish- mishlarni eshitib qolsam ham, ularga e`tibor bermaslikka harakat qilaman. Chunki ulardan menga foyda yo`q. 

Aliya SULAYMA
NOVA


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 3738 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shodiya Toxtaeva
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
аватар отсутствует Aqildi insannin' so'zderi, Shodiya sen filosof ili psixolog boliuin' kerek eken!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное