Guruhlar ichida qizg‘in ijod qiladigan ammo ohirgi payt ancha ko‘rinmay qolgan “Shod”guruxi yigitlari “O‘zbegim taronasi” radiosi orqali o‘zlarining yangi taronalarini taqdim etdilar. Ijodkorlarni anchadan buyon sog‘ingan muxlislari uchun bu haqiqiy ma’noda tuhfa bo‘ldi desak adashmaymiz. “Volshebnie goroda» deb nomlangan qo‘shiqni matni Suhrobga, aranjirovkasi esa Jasur Badalboyevga tegishli.
Guruh ijodkorlarining aytishicha yana uchta yangi tarona tayyor bo‘lmoqda tez kunda saytimiz orqali yangi ijod mahsullarini keng omma e’tiboriga havola etish istagidalar. Bizni kuzatishda davom eting.