Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Shirinlikdan voz kechgan mashhurlar


Qandning foydasi va zarari haqidagi bahslar hali uzoq davom etadi. Biroq, shunday mashhur kishilar borki, ular shirinliklardan voz kechish orqali o‘z sog‘liklarini butunlay tiklab olishgan. Quyida ular bilan tanishing:

Aleksandr Semchev

Rossiyalik mashhur aktyor Aleksandr Semchev diabetga yo‘liqqan edi. Ovqatlanishiga jiddiy e’tibor berib, shirinlikdan butunlay voz kechdi. Natijada yaxshigina ozdi. Sog‘ligi tiklandi. Ko‘rganlar uning irodasiga qoyil qolishadi.

Xolli Berri

Berri 50 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, go‘zallikda 20 yoshlilarni ham ortda qoldiradi. Aktrisa doimiy ravishda sport bilan shug‘ullangani, shirinlik hamda spirtli ichimliklardan voz kechgani sababli shunday natijaga erishganman, deb hisoblaydi. Ilgari unga 1-turdagi qandli diabet, deb tashxis qo‘yilgandi.

Mayli Sayrus

Mayli Sayrus ilgari tushgan videolariga qaraganda hozirgilarida ancha xushsurat ko‘rinadi. Buning sababi, qo‘shiqchi shakarli mahsulotlardan butunlay voz kechgan, vegetarianlarga xos ovqatlanadi.

Anfisa Chexova

Anfisa Chexova ham shakardan, shirinliklardan voz kechib, ancha ozib, chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Mettyu Makkonaxi

Aktyor Mettyu Makkonaxi vibral paleparhezni tanlagan. Parhez tarkibiga termik qayta ishlanmagan, glyuten va qandi yo‘q mahsulotlar kiradi.

Keyt Xadson

Keyt Xadson o‘zining shirinlikka ruju qo‘yayotganini sezib qolib, undan butunlay voz kechdi. Agar, shirin nimadir yegisi kelib qolsa, sabzavot, meva, yong‘oq va tofu bilan kifoyalanadi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2775 | Рейтинг: 0| Рейтинг: shirinlik, voz kechgan mashhurlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное