Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida oilaviy nizo oqibatida ayol erini pichoqladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
"14 aprel kuni soat 00.15larda, Markaz 15-daha 13-uy 49-xonada yashovchi, 1973 y.t. N.Osipova uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i, 1976 y.t. A.Aloyanning qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan", deyilgan xabarda.
Natijada A.Aloyan kasalxonaga yotqizilgan. N.Osipova qo‘lga olingan.