O'tgan yilning eng unutilmas to'ylaridan bo'lgan Sharof Muqimov va Sevinch Mo'minovalarning baxt to'ylari butun O'zbekiston bo'ylab shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Xo'sh, hozirda bu ikki yosh qanday hayot kechirishmoqda? To'ydan so'ng ikki yulduz asal oyini nishonlash uchun Malayziya hamda Turkiyaga dam olish safariga borib qaytishdi. Undan tashqari konsert dasturlari bo'yicha Rossiyaning ko'plab shaharlarida ham muzokaralar olib borish uchun ijodiy safar ham o'tkazishdi. Hozirda bu ikki yulduz baxtli hayot kechirishmoqda. Eng muhim yangilik esa kuz faslida bo'ladigan ko'rinadi. Aytishadiku, "jo'jani kuzda sanaymiz" deb! Nasib qilsa, ikki yulduz xonadonida kuz faslida yangi mehmon tashrifi kutilmoqda. Shuningdek, Sharof Muqimovdan yaqin orada yangi qo'shig'i bo'lmish "O Layli" taronasiga ishlangan klipni ham saytimizdan ko'chirib olishingiz mumkin bo'ladi. Undan tashqari Sharof 2 oydan buyon "Ali shox" guruhi bilan raqs o'rganish bilan ovora. Buning sababi bilan qiziqqanimizda u yangi yozilayotgan qo'shiqlaridan biri bo'mish "Bembi" taronasiga ham klip suratga olish ustida ishlarni boshlab yuborgan. Demak, Muqimovlar xonadonida yangiliklar bisyor. Hozircha Sharof Muqimov hamda Sevinch Mo'minovadan eksklyuziv fotosuratlarni qarshi olamiz.