Shanba kuni respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi
Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 13 oktabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +10...+12, kunduzi +13...+15 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.
Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi +8...+13, kunduzi +10...+15 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, keyinroq 12-17 m/sga yetishi va yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi +8...+13, kunduzi +10...+15 daraja bo‘lib, qisqa vaqt yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Shamol tezligi 12-17 m/sga yetadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi +5...+10, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetadi.
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +8...+13, kunduzi +12...+17 darajagacha ko‘tariladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi. Yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi +1...+6, kunduzi esa +5...+10 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib, qor aralash yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.