Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

4 noyabrda Toshkent ahlini yomg‘irli ob-havo kutmoqda


Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga, 4 noyabr kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent shahrida ertalab va kechqurun yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kunduzi 18–20 daraja, kechasi 8–10 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kunduzi 12–17 daraja, kechasi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kunduzi 23 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ertalab va kechqurun yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi 18–23 daraja, kechasi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi +20...+25 daraja, kechasi +8...+13 daraja.

Farg‘ona vodiysida ertaga yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzi 17–22 daraja, kechasi 10–15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Durdona Rasulova



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3580 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ob-havo, Yomg'ir
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное