Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
. Pazanda - The Sound of Love
. Efir Sirlari - Piano Version
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Tanho malagim - Soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Shahzodaning sanamay aytgan 8 haqiqati





 

Hayotni sayohat deydilar. Biz umr yo`llaridan asta odimlar ekanmiz, o`zimizning noma`lum qirralarimizni kashf etamiz, yangi haqiqatlarni anglab etamiz. Sahifamizning ilk qahramoni Shahzoda o`ttiz etti dovonni oshib o`tdi. Yo`llar va yillar aro uning yo`qotganlari-da, topganlari-da ko`p. Anglaganlarini esa qog`ozga tushirdik… 

«Hayotning o`zi katta mukofot»
— Hamma narsaga ijobiy qarashga harakat qilaman. Muammolar kimda bo`lmaydi, deysiz? Biroq bu ruhiyatni alamlar girdobiga cho`ktirish kerak degani emas-ku! Qanday hodisa ro`y berishiga qaramay, hayot aslida shodlik va uning har onidan zavqlanish kerak. U men uchun ulkan baxt, mukofotning o`zginasi. 

Hozir 36 yoshdaman. Shu paytga qadar ikki o`g`illi bo`lishga, baxtli oila qurishga ulgurdim. Shuningdek, sevimli kasbim bilan shug`ullanish nasib etdi. Axir kasbingiz ishtiyoq, quvonch bag`ishlasa, umringiz nuru ziyoga to`laveradi. Inson zaruriyat sabab emas, balki ko`ngli zavqqa to`lishi maqsadida ishlashi kerak. Hunarim daromad olib kelgani yaxshi, albatta. Chunki men azaldan mustaqil ishlashga odatlanganman. Hatto kichikligimda ota-onamdan qarz olardim-u, so`ng o`zim pul topib, qaytarib berardim. 

 «Sinovlar o`tkinchi…»
— Umrim davomida turli sinovlarga duch keldim. Qanday qiyinchiliklarga ro`baro` kelmang, uning yaxshilikka etaklashiga ishonsangiz, maqsadingiz sari intilishda davom etaversangiz, ijobiy natijasini ko`raverarkansiz. Axir sinovlar o`tkinchi, faqat ulardan to`g`ri xulosa chiqarish kerak. Nolib yashashdan hech qanday foyda yo`q. Men katta o`g`limga muammolar qarshisida kuchli bo`lish kerakligini uqtiraman. Masalan, bugun hammasi etarlidir, ertaga bunday bo`lmasligi mumkin. Shunday kezlarda inson darhol o`zini qo`lga olib, olg`a odimlashda davom etishi zarur. Ijodimda 6 yillik tanaffus bo`lganiga ham achinmayman, chunki u davr meni yanada sabrli, yanada kuchli bo`lishga o`rgatdi.

«Oilada do`stlik muhim!»
— Oila mustahkamligida ikki tomonning o`zaro hurmati muhim ahamiyatga ega. Juftliklarning bir-birini tushunishi, muammolarni birgalikda kelishib hal etishi, muntazam ravishda suhbatlashishi zarur. Bizda shunday. Turmush o`rtog`im uchun avvalo do`st bo`lishga urinaman. U kishidan biror ishni boshlashdan avval har tomonlama o`ylab chiqish kerakligini, bosiqlikni, chuqur mulohaza qilishni o`rganganman. Hatto tanishlarim ham turmushga chiqqanimdan keyin ancha o`zgarganligimni ko`p ta`kidlashadi. Umr yo`ldoshimdan behad minnatdorman!

 «Bo`lar bola boshidan…»
— To`ng`ichim Solihning menga nisbatan hurmati baland. Farzandlarga do`stona munosabatda bo`lish shart, deb o`ylayman. To`g`ri, uning biror noma`qul ishidan yo sinf rahbarining tanbehli qo`ng`irog`idan darrov jazavaga tushaman, so`ng o`zimga kelgach, bosiqlik bilan suhbatlashib, sabablarni aniqlayman. Tushuntirish ishlarini olib boraman. Nima bo`lishidan qat`i nazar o`g`limga ovozimni balandlatib gapirmaganman. U ham o`z navbatida meni nima demoqchiligimni tushunadi. O`n ikki yoshidan boshlab ovqat tayyorlaydi, uydagi yumushlarni bajaradi. Kenjamga homilador bo`lganimda hech idish-tovoq yuvganimni eslolmayman. Hammasini o`zi qilardi. Farzandlarimga hali kichik bola-ku deb emas, balki o`z dunyoqarashi, istaklari, qiziqishlariga ega alohida shaxs deb qarayman. Solihim juda mehribon. Kichkintoyim Xolid ham akasiga o`xshashini istardim. 

 «Baxtni his qilmoq baxti»
— Kun davomida bajarishim zarur bo`lgan ishlar ko`p. Yangi taronalar ustida ishlaymiz, klip suratga olamiz, tadbirlarda ishtirok etishga shoshilaman. Tinimsiz harakat, yugur-yugurlar bilan goho ovqatlanishga ham ulgurmayman. Kechga yaqin oyoqlarimda charchoqni sezaman, ruhan toliqqanimni his etaman. Uyga kelganimda Xolidni ko`raman-u, butun charchoqlarim izsiz yo`qoladi. Qalbimni qamraydigan go`zal tuyg`ularni ta`riflab ham berolmayman. Menimcha, onalargina meni tushunsa kerak. Farzandlarim bilan haqiqiy baxtni his qilaman! Barcha dardimizga eng yaxshi darmon, bu kichkintoylarimizning tabassumi… 

 «Ona bo`lib onamni tushundim…»
— O`smirligimda ota-onamga nimanidir isbotlash uchun tortishgan, ulardan biror sabab tufayli arazlagan damlarim bo`lgan. O`sha paytlarda o`zimni kattalardek his etib, men haqman deb o`ylaganman-da. Lekin vaqt, yillar o`tgan sari ancha ulg`ayib, o`zim ona bo`lganimdan so`ng ko`p narsani angladim. Ularni yanada ko`proq qadrlashni boshladim. Ota-onam hayot ekaniga behisob shukr! 

«Yuragimga yaqinlarim…»
— Insonlarning faqat yaxshi tomonlarini ko`rishga harakat qilaman. Quvnoq, suhbatga tez kirishib ketadiganlarni xush ko`raman. Biroq do`stlik men uchun jiddiy mavzu. Ota-onangiz, turmush o`rtog`ingiz, farzandingiz do`st. Bir paytlari umuman tanimagan insoningiz bir kuni chin, sadoqatli yoringizga aylansa, o`zingizni baxtli insonman deb hisoblasangiz bo`ladi. Do`stlarim juda ko`p deb aytolmayman. Ammo yuragimga yaqin insonlarim borligidan boshim ko`kka etadi. 

«Yaxshilik, albatta, qaytadi!»
— Hayotda turli insonlarga, turli vaziyatlarga duch kelamiz. Turfa qiyofalarni uchratimiz. Kimgadir qachondir bilib-bilmay qilgan kichkinaga yaxshilingiz bir kuni juda katta mukofot bo`lib qaytadi! Ezgu niyatlarga qancha oshno bo`lsak, shuncha yo`llarimiz yorishaveradi. Men har tongni nafaqat kun davomidagi rejalar, balki minnatdorchilik hissi, yaxshi niyatlar va tabassum bilan qarshi olaman. Shunda hayotingiz yanada ko`rkamlashib boraverarkan.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7921 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
kichkintoy96 Shahzoda yagonasiz :(
Like | 0
аватар отсутствует men shahzodani sevamam
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное