Bu savolga javobni aktrisa va dizaynerning instagram tarmog‘i orqali topishimiz mumkin. Jumladan bugun Shahzoda shu postni sahifasiga joylashtirdi.
— Oxirgi vaqtlarda boshlovchilik xizmatlari uchun tinimsiz uzoq yo‘lda yurish va dizaynerlik faoliyatim bilan bog‘liq Toshkent, Samarqand @shakhzoda_atelier filiali yumushlari sabab 2 ta atele o‘rtasida sarson bo‘lish meni qattiq toliqtiryapti. Buning ustiga oiladagi uy yumushlari, kelinlik vazifalarim anchagina. Shunday vaqtlarda s’yomkaga tushishni umuman istamay qoladi inson. Doimiy ketma-ket s’yomkalarga taklif etishsa, rad etishimga to‘g‘ri kelayapti. Iltimos qilardim, boshqa telekanallardagi ko‘rsatuvlar mendan xafa bo‘lishmasin. Ayni damda @my_atelye_zortv ko‘rsatuvimga arang ulguryapman.
QANIYDI FOTIMA ZUHRA BO‘LIB QOLSAM…