Shahzoda Muhammedova sevgan insoni yo`qligini ma`lum qildi
Aktrisa Shahzoda Muhammedova jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda Azamat Ahrorov bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berdi.
Jumladan, aktrisa “Azamat Ahrorovning sevgisiga ishonaman. Judayam hurmat qilaman. Yaqin do`stim. Bir nechta filmlarda birga suratga tushganmiz”,—dedi.
Facebook Mentions yordamida amalga oshirilgan suhbatda aktrisaning muxlislari ko`plab savollar yo`lladi. Hatto, ulardan biri Shahzodaga sovchi yuborish niyatida ekanligini ma`lum qilib, undan sevgilisi bor-yo`qligini so`radi. Bu savolga esa aktrisa “Sevganim yo`q”, deb javob berdi.
Avvalroq, Shahzoda Muhammedova hamkasbi, aktyor Azamat Ahrorov uning qo`lini so`raganini ma`lum qilgan edi.
Shu o`rinda aytish joizki, aktrisa o`zining Instagramdagi sahifalarida doimiy ravishda aktyor va rejissyor Azamat Ahrorov bilan tushgan suratlarini joylab, unga yurakcha shaklida sharhlar qo`yib borishi muxlislarning ular sevishgan degan xulosaga kelishiga sabab bo`lgan edi.