Shahzoda Muhammedova: “Pok, halol yo‘lni tanlaganlarni qadrlayman”
Avvalroq, aktrisa Yulduz Rajabova hayotidagi odamlardan hasrat qilgani haqida yozgan edik. Biroz avval, Rajabovaning hamkasbi Shahzoda Muhammedovaning Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirganlari Rajabovaniki bilan bog‘liqdek tuyuldi. Shahzoda Muhammedova shunday yozadi:
“Baxtli hayot tarzini inson o‘z qo‘li bilan yaratadi. Qaysi yo‘lni tanlash har kimning o‘ziga havola. Bu yorug‘ dunyoga kelganimdan buyon yorug‘likni, oq rangni, nurni yaxshi ko‘raman. Men pok yo‘lni sevaman va pok, halol yo‘lni tanlaganlarni qadrlayman”.
Kuni kecha Muhammedovani Instagram orqali kuzatib borayotganlar soni 500 mingdan oshdi. Aktrisaning yozganlariga fikr bildirayotganlar uni qo‘llab-quvvatlashmoqda. Boisi u ko‘p hollarda o‘ziga qarshi aytilgan gaplarni o‘chirib yuborib, tanqidlar mualliflarini “qora ro‘yxat”ga qo‘shib qo‘yadi.