Shahzoda Muhammedova o‘zining qoidabuzar haydovchi ekanligini tan oldi
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova o‘zining qoidabuzar haydovchi ekanligini tan oldi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
U o‘zining Instagram’dagi sahifasida shunday deb yozadi: “Doim shoshilib yuraman, shoshilib ish qilaman, hech nimadan qo‘rqmayman. Har bir soniyamni, vaqtimni qizg‘anganimdan, ishlarim ko‘pligi sababli bir vaqtda rulda ovqatlanib, rulda makiyaj qilib, sochimni turmaklab ketaman. Buning uchun YPX xodimlaridan uzr so‘rayman”.
Mazkur izohga xulosa tarzida Shahzoda bunday harakatni tavsiya etmasligini ham aytib o‘tgan. Labiga bo‘yoq surib ketayotgan aktrisaning surati avtomobil harakatlanayotgan vaqtda olingani ko‘rinib turibdi.