Shahzoda konsert oldidan sog‘ligini muhokama qilishni istamadi
“Darakchi” gazetasi xonanda Shahzodani 7 kunlik konsert dasturi oldidan suhbatga chorlab, o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Suhbat davomida konserti bilan bog‘liq sirlarga bir oz to‘xtalgan xonanda, bu gal repertuarining 80 foizi yangi ijod mahsuli bo‘lishi, qolgan 20 foizi esa muxlislar ko‘nglidan o‘rin olgan eng xit taronalar ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, Shahzoda bu galgi konsertida juda ko‘p duet kuylashni rejalashtirganini bildirdi.
- Konsertga tayyorgarlik qizg‘in kechayotgan bir paytda tobingiz yo‘qligi haqida eshitdik, bu holat repitisiyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmadimi, degan savolga esa Shahzoda:
- Issiq jon… Kezi kelganda tobim qochishi tabiiy. Ammo men bu mavzuni muhokama qilishni istamayman. Shukr, sog‘-salomatman, hech narsadan nolimayman, deya javob bergan.