Shahzoda: “Bizni kelajakda tinch va musaffo osmon ostidagi baxtli hayot kutmoqda ”
Xonanda Shahzoda ham allaqachon o`z fuqarolik burchini bajarib Toshkentdagi 106-saylov uchastkasida ovoz berdi.
— Saylov uchastkasida muhim jarayonda ovoz berish uchun juda ko`p yangiliklar tatbiq etilganiga guvoh bo`ldim. Masalan, bu yil ko`zi ojizlar brayl alifbosida byulletenlarning chiqarilgani, imkoniyati cheklanganlar uchun panduslarning mavjudligi, kitoblar mutolaasi uchun xonalar, tibbiyot va yosh bolasi bilan ovoz berish uchun tashrif buyurganlarga sharoit yaratish maqsadida ona-bola xonalarining har bir saylov uchastkasida tashkil etilgani meni juda quvontirdi.
Albatta har bir kishi o`zining kelajagi uchun ovoz beradi. Men ham bugun har taraflama o`ylab tanlov qildim. Albatta har bir onani farzandining kelajagi o`ylantiradi. O`ylaymanki, bizni kelajakda tinch va musaffo osmon ostida go`zal, baxtli hayot kutmoqda.