Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida mudhish voqea yuz berdi. Joriy yilning 28 noyabr kuni Shahrisabzdagi 1-sonli ixtisoslashgan litseyning 7-sinf o‘quvchisi o‘z uyida osilgan holda topilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, haqiqatan ham Shahrisabzda shunday voqea ro‘y bergan va ayni damda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tarqalgan gap-so‘zlarga qaraganda, o‘quvchi o‘qituvchi tomonidan dakki berilgani oqibatida o‘z joniga qasd qilgan.
Marhum bolakay ushbu litseyda o‘qiydigan eng tartibli va a’lochi o‘quvchilardan biri bo‘lgani aytilmoqda.