Juda ko`plab ro`llari bilan barchamizni ko`nglimizdan birdek joy olgan Alisher Uzoqov san`atni tark etmoqchi!
Bir necha yillardan beri o`zining komik ro`llari bilan bizni "kuldirib" kelayotgan Aktyor,xonanda nima sababdan san`atni bunchalar tez tark etmoqda? Biz ushbu savolga javob topish maqsadida aktyor bilan suxbatlashdik.
Aktyor juda tushkin kayfiyatda bizga sababini tushintirib berdi.Aktyorning so`zlariga qaraganda uning sochlari to`kilayotgan va bir necha bor doktor qabuliga yozilgan,lek undan xech qanday samara bo`lmaganidan tushkin kayfiyatga tushib qolgan.
-San`at olamidagi yutuqlaringiz sababchisi?
Aktyor: "Men san`at olamiga,muxlislar e`tiboriga va erishgan yutuqlarimga faqatgina tashqi ko`rinishim hamda iste`dodim bilan erishdim. Meni shu darajaga yetishimga faqatgina muxlislarim ko`magi va e`tibori sabab bo`ldi.Va eng asosiysi oila a`zolarim ko`magi"
-Arzimagan kamchilik uchun san`atni tark etish shartmi?
Aktyor: "Yo`q! Siz uchun bu arzimas bir kamchilik bo`lishi mumkin, lekin men uchun bu juda katta muammo."
-Biz sizga bu borada qanday yordam bera olamiz?
Aktyor: "Bunday vaqtda muxlislarim ko`magi va xurmat e`tibori men uchun juda katta yordam bo`ladi. Agar biron bir yordam kere bo`lsa albatta murojaat qilaman!" (deya kuladi aktyor)
Nima bo`lganda xam biz Alisher Uzoqovni yangi ro`l va musiqiy to`plamlarini kutib qolamiz!!!