Senga Oshiqman!!! Bugungi kunda barchani o'ziga jalb etgan xind seriali desak adashmaymiz. Hattoki O'zbekistonlik ota-ona o'zining yangi tug'ilgan qiz farzandini ismini Ishani deb qo'ygani haqida habar berib o'tdik. Kim bilsin balkim tez kunlarda Ranvir ham dunyoga kelar!
O'tgan hafta voqealar rivojini o'qish (manba)
USHBU HAFTA VOQEALARI
Eng avvalo shuni aytib o'tishim kerak: kecha bo'lib o'tgan qismda boshida ayrim joylarni uzib yuborishdi. Men avvalgi maqolamda aytib o'tgan "ORADAN 6 OY O'TDI" degan yozuv chiquvchi saxnani negadur namoyish qilishmadi. Ha azizlar oradan 6 oy o'tgan. Ranvir hamda Ritika er-xotin!
108-qism yangi Kecha bo'lib o'tgan qismda Ranvirning ish yuzasidan yuzaga kelgan sud ishi sudda ko'rilishi kerak edi.
Ranvir sudga boradi, Sud jarayonida uni turli-xil ayblovlar bilan ayblashadi, ammo Ritika aytib o'tgan uning yaqin do'sti advokat Shikhar Rajeev Mehra sud jarayoniga avvaliga chol bir daydi qiyofasida kirib keladi, so'ng o'zining moxirligi va so'zamonligi bilan Ranvirni oqlashga, uni aybsiz deb topishlariga erishadi. Uning bunday moxirligiga hatto sudya ham qoyil qoladi.
Tabiyatan quvnoq, hali hech kimni astoydil sevmagan, sevgiga oddiy bir tuyg'u sifatida qariydigan bu inson Shikhar Mehra keyinchalik juda kuchli tarzdagi muxabbat rishtasini Ishani bilan birga bog'lamoqchi ham bo'ladi. Bu haqida keyinroq to'xtalamiz.
Ranvir ham Shikhar maxoratidan qoil qoladi albatta. Uni bir zumda aybdordan aybsizga chiqara olgan, moxirat advokat edida!
Ular sud zalidan chiqib ketishadi va sud binosi yonida suxbatlashib turishadi, aynan shu payt Qatil kunini tezlashtirish ishlari boshlab yuborilgan Ishanini sudga olib kelishayotgan edi, Uning qatil kunini belgilash uchun! Ranvir va Ishani nigoxlari to'qnash keladi deb o'ylagandim men ham, ammo ular bir-birlarini ko'rishmaydi.
Ishanini sud binosiga olib kirishadi, Sudya Ishanidan qilgan ishidan afsusdamisiz, yoki yo'qmi? balkim bu baxtsiz xodisa bo'lgandur, balkim uni siz o'ldirmagandur kabi savollar berib, undan so'ngi bora so'raydi.
Ishani esa, o'z so'zida qattiq turib oladi, u o'lim jazosini tezroq ado etishlarini, Chirakni o'zi o'ldirganini aytadi.
Mexribon va adolatli sudyaning ham jaxli chiqib ketadi, o'zini bunchalar o'limga hukm qilishlarini so'rayotgan bu qizga raxmi keladi, Sudya ham ich-ichidan Ishanini aybsiz deb bilardi. Ammo Ishanining so'zlaridan so'ng jaxl bilan qatil kunini belgilash uchun sud qaroriga imzo qo'yadi.
Tashqarida Turgan Ranvir sud zalida telifonini unitib qoldirgani bilib qoladi va zalga kirib keladi, u yerda sud jarayoni, ammo Ishaniniki emas, U chiqib ketib bo'lgan edi. RV telifonini olib tashqariga chiqadi, Negadur Yuragi bezovta, huddiki Ishani shu atrofdadek (sevishganlar yuraklari doimo bir-biriga talpinadi) tuyilardi, Shu payt Ishani ham buni xis qiladi, ammo ular baribir ko'risha olishmaydi.
***
Ranvir Ritikani shifokor ko'rigiga olib keladi, ko'rik paytida RV ning telifoni jiringlab qoladi, Unga Ishanining ishi bilan shug'illangan advokat qo'ng'iroq qilayotgan edi, U Ranvirga Ishanining qatil kuni belgilangani va hukm shu kunlarda ijro etilishini aytadi. Buni eshitib Ranvir o'zini yoqotib qo'yadi, yerga o'tirib o'tmishni... tarona.net sayti ma'lumoti Ishanini yod olayotgan Ranvir azob chekardi, dard bilan yeg'lardi. Ishani unga sevmasligini aytgan bo'lsada Uni sevishda davom etayotgan Ranvir azoblanardi. Chunki Ishani Ranvirning ilk va yagona muxabbati edi. Ranvir o'zini qo'lga olib, yugurancha taksi tutib, qamoqxonaga Ishani bilan ko'rishgani boradi.
Ranvir qamoqxonaga borganda, inspektor ayol Ranvirga Ishani bilan ko'rishi uchun ruxsat bermaydi. Shunda Ranvirning jaxli chiqib, raxbariyatdagi yuqori lavozim egasiga qo'ng'iroq qilib, Ishani bilan ko'rishishga ruxsat berishmayotgani haqida aytadi va go'shakni inspektor ayolga beradi, yuqoridan buyruq olgan inspektor Ranvirni qamoqxonaga, Ishanining kamerasiga olib kiradi. Ranvir va Ishanining 6oydan so'ng ilk uchrashuvlari edi bu. Ammo Ranvir qarasaki kamera bo'sh! Ishani yo'q! Ishani atayin boshqa joyga yashirib olgandi.
Afsus Ranvirga Ishani bilan ko'rishish nasib etmaydi, ammo u Ishanining kamerasiga kirib uni ko'zdan kechiradi, shunda ko'zi bir chetda yotgan kalendarga tushadi, Unda kunlar birin ketin o'chirilgan edi, Ranvir Ishanining kun sanab o'tirganini chunadi. So'ng kameradan chiqadi.
Inspektor ayol ketayotgan Ranvirni to'xtatib, Ishani sizni emas CHirakni sevardi degan ma'nodagi so'zlarni aytib unga yanda a'zob beradi. (aslida bu gaplarni gapirishini Ishanining o'zi inspektordan iltimos qilgan edi. Bu ham Ranvir Ishanidan yanda ko'proq nafratlanib, tezroq unitishiga yordam berishi uchun edi.)
***
Ertasi kuni qamoqxonadagi inspektor ayol sudya bilan ko'rishgani boradi, Undan Ishaniga raxim qilishni, uning ishiga e'tibor bilan yondoshishni o'tinib so'raydi, qaroringizni yana bir bor o'ylab ko'ring deb iltimos qiladi. Sudya janoblari uzoq o'ylab, maylin o'lyab ko'raman deb aytadi.
Inspektor ayol ketganidan so'ng advokat Shikhar Mehra o'z ishi yuzasidan kirib keladi, Sudya unga maylin sizga qizim bilan ko'rishingizga ruxsat beraman, ammo bir shartim bor, siz SUDDA yutib chiqishingiz kerak, Unga noxaq hukim chiqarganman, shu insonning ishi bilan shug'laning bu ISHANI PARIK, nima qilsangiz ham bu ish bilan shug'illanib yutib chiqishingiz lozim bo'ladi. Barcha maxoratingizni ishga soling, Bo'lmasa uni ikki kundan so'ng qatil qilishadi.
Shundan so'ng Shikhar Ishanining ishi bilan shug'illanishni boshlaydi, u qamoqxonaga borib avval inspektor ayol bilan, so'ng Ishanining o'zi bilan suxbatlashadi. Ishani baribir o'z so'zida turib oladi, Unga ham qotil ekanligini aytadi. Shikhar chiqib ketadi, ammo taslim bo'lmaydi, bu ish bo'yicha barcha hujjatlarni ko'rib, o'rganib chiqadi.
***
Bu orada Pareklar xonadoni ham shaxarga qaytib kelishgan edi, SHarman ijaraga olgan uyga kelishadi, ammo boy badavlat, to'kinlikda yashashga o'rgandan Xansaben Parek bu uyga kirmasligini, bunday kunga tushimizga Ishani aybdor deb aytadi. Bu gaplarga chidab turolmagan Falguni men bu masalani hal qilaman, boshqa uy olamiz deb aytadi. ( U taqimchoqlarni sotib, yaxshiroq uy olishni mo'ljallagan edi).
Zargarlik dokonidan chiqib kelayotgan Falgunini Nitek Joshi ko'rib qoladi va ularga yordam berishini aytadi. Falguni va uning oilasi boshqa yangi uyga ko'chib o'tishadi.
***
Qamoqxonada yuvinayogan Ishaniga kelib, ko'zlari yoshga to'la inspektor ayol qatil kuni bugun ekanligini aytadi. So'ng unga Ranvir haqida maqola yozilgan gazetani tutqazadi. Ishani Ranvirning ishlari yaxshi ketayotganidan juda ham hursand. Endi u dunyoga hotirjam ketishiga ishonadi! Gazetani quchoqlagan Ishani o'kinib, o'ksinib dard bilan, azob chekib yeg'lardi.
***
Qatil vaqti yaqinlashmoqda.
Ranvir Shoshilib qamoqxonaga borardi, Ishanini esa hukm ijro etish xonasiga olib o'tishadi. Ishanini dorga olib borishadi, yuziga qop kiygizib, qo'llarini bog'lab, hukmni ijro etishadi. Dorga osildi!
Ranvir yetib kelguncha hukm ijro etib bo'lingan edi. Ranvir tashqarida turgan soqchidan hukm ijro etilganmi yo'qmi so'raydi, Soqchi qatl ado etilganini haqida RV ga aytadi. Afsus Ranvir ozgina kechikdi. Bu holatni aktiyor o'ta moxirlik bilan ijro etgan. Ahr bu o'ldirilgan, osilgan inson uning bolalikdan birga kotta bo'lgan yagona do'sti, ilk muxabbati, jondan aziz ko'rgan insoni edi. Uni so'ngi bora ko'rish umida kelgan Ranvirga hatto shu ham nasib qilmadi. U shokda! Oyoqda turolmagan Ranvir yerga o'tirganda, tinimsiz yeg'lab, o'tmishni yod oladi. ISHANI...... deb baqirgan, ich-ichidan azob chekayotgan Ranvirni ko'rib juda rahmim keldi.
***
Dorga osish xonasida birdan Ishanini ko'rib esa hayratlanib qolasiz, ha Ishani tirik. Ho'sh nega u o'lmay qoldi.
Ishani nega boshqa insonni qatil qildingiz, nega meni o'ldirmayapsizlar deb inspektordan so'raydi.
Shunda Inspektor ayol, unga: seni ozod qilishmoqda, seni aybsiz deb topishdi, deydi.
Ishani: buni kim qildi? nega bunday qildi? (kabi savollar beradi).
Shunda inspektor ayol, Ishanini ozod qilgan insonni ko'rsatadi, bu o'sha Ishani bilan qamoqxonada janjallashgan davlatning yuqori amaldor insoni edi, Esingizda bo'lsa Ishani uni xaqorat qilib, qatil kunini tezlashtirib yuborgan edi.
Ishani: Shu inson meni ozod qilyaptimi? Nega? Nima haqqingiz bor? meni jazolang, men qotilman, Uni men o'ldirganman, qatilni ado etinglar, deb yana urshib ketadi.
Amaldor inson esa: Endi Ishanining bu gaplaridan g'azablanmas edi, U aslida Ishanining qanday insonligi va nega bunday qilayotgani haqida yaxshi chungan edi. Endi siz ozodsiz. deb ketadi.
Ishani: Unday qilmanglar, men qotilman, agar meni ozod qilishsa, endi Chirakni Ranvir o'ldirgan deb bilishadi, deb qo'rqardi.
Inspektor ayol esa: Ishani sen qo'rqma, bu ishda Seni ham Ranvirni ham aybsiz deb topishdi, deb aytadi.
Ishani mana shundan so'ng, ko'zlarida yosh bilan hursand bo'lib ketadi. Naxotki Ranvirni ham meni ham aybsiz deb bilishsa...
***
Tashqarida o'tirgan Ranvir esa, hech bo'lmasa uni so'ngi bor ko'rish, uni murdasini ko'rish maqsadida, extimolkim uni o'lganiga ham ishonmagan RV ichkariga kirmoqchi bo'ladi, ammo unga bu uchun ham ruxsat berishmaydi, No iloj qolgan Ranvir u yerdan ketadi, yo'lda o'tmishni, Ishani bilan o'tgan shirin damlarini yod olayotgan RANVIR.... AZOBLANIB yurardi... Birin-ketin o'tmish ko'z oldidan o'tardi...
***
Qamoqxona inspektor ayoli Ozod bo'lgan Ishaniga olib qo'yilgan Ishanining kiymi va taqimchoqlarini beradi, endi bor Ishani sevgiling seni intizor bo'lib kutmoqda, kiyimlariningni kiyginda uni yoniga bor, ha yana mana bu pulni ham ol, senga kerak bo'ladi, deydi.
Ishani kiyinib, o'ziga qarab qamoqxonadan chiqib, shoshilgancha RV ga intilardi. Yo'lda ketayotib supermaketdagi yeg'ilib turgan odamlarni ko'rib tajublanadi, nega shunda odam! tarona.net sayti ma'lumoti Borib qarasa Televizorda Ranvirni eng yaxshi tadbirkor deb e'lon qilishgandagi intervyusi namoyish qilinayotgan bo'ladi. Ishani uni kuzatadi.
Ranvir quydagi gaplarni aytayotgan edi: Agar omadli insondan muaffaqqiyatingiz siri nimada deb so'rasangiz, mexnat va qobilyatini sabab qilib ko'rsatadi. Ammo men unday demayman, Men insonning mexnatlari va qobilyatini emas, uning ortida turgan omilni qadirlayman, Hech o'ylab ko'rganmisiz? Inson oldinga intilish uchun kuch va shijoatni qayerdan oladi? Bu savolga javob bitta, AYOL. Insonning muaffaqiyatlari zamirida uning onasi, singlisi yoki rafiqasining mexri va muxabbati yotadi. Erishgan yutuqlarim siri nimadaligi hammangizni qiziqtirayotgan bo'lsa kerak. Erishgan yutuqlarim siri: Mening rafiqamda deb javob beraman. U men bilan janjallashadi, gap talashadi, ammo eng avvalo u meni sevadi. Shunchalar sevadiki uning tanbexlarida ham muxabbatini his etaman. tarona.net sayti ma'lumoti U har tomonlama meni qo'llab quvvatlaydi. Quvonchim sababchisi mening rafiqamdir. U men sevgan ayol, Shunday ekan ushbu mukofotning asl egasi mening rafiqamdir, deb aytadi.
Ishani bu so'zlarni eshitib juda ham quvonib ketadi, ehtimol u bu so'zlar menga atalgan deb o'ylagandur, ammo Ranvir Mening rafiqamdur degandan so'ng saxnada o'tirgan Ritikaning yoniga boradi va uning qo'lidan turib saxnaga olib chiqadi. Ha bu homilador Ritika edi.
Ishani - Ritika Ranvir bilan turmush qurishidan oldin homilador bo'lganini bilmasdi, ehtimol Ranvir va Ritikaning bo'lajak farzandi deb o'ygandur, ular birga baxtli ekan degan fikr paydo bo'lgandur, Judayam alab bilan yeg'laydi Ishani, so'ng bo'yniga osgan nikox tumorini yulib oladi.
***
Ranvirni ham oldiga bormaydi. Ishani qarimdoshlarini qidira boshlaydi, Ranvirning uyida ishlaydigan Maladan oilasi haqida so'raydi, ammo Mala hech narsa bilmasdi. So'ng Niten Jo'shini qidirib ko'radi, ammo uni ham topolmaydi. Shunda bozorda maxsulot harid qilayotgan Divashga ko'zi tushadi, Ishani yugirib borib Divashni bag'riga bosadi. Divash uni ko'rib hayratlanib qoladi, qamoqdan qochdingizmi deb so'raydi, Ishani esa yo'q ozod qilishdi deydi. Ammo Divash: iltimos bizni hayotimzdan chiqib keting, biz siz bilan barcha rishtalarni uzganmiz deb aytadi. taronanet sayti ma'lumoti Ishani unga chuntirishga harakat qiladi, ammo Divash eshitishni ham hohlamaydi. Chunki Ishani qamalganidan so'ng Pareklar oilasi juda ham og'ir kunlarni boshlaridan o'tkazishgan edi. Ishani esa Ranvir bilan ajrashgan payt oilasi uchun hech qanday mulk olmagan edi.
Ishani ozod bo'lgan bo'lsa ham, huddi hech kimga kerak emas insondek bo'lib qolgandi. Ozod bo'lsam ham hech kimga kerak emasdek yashashdan nima naf deb o'ylagan Ishani o'z otasi yoniga borishga intiladi. Dengiz yoniga kelib o'zini cho'ktirmoqchi bo'ladi.
Aynan shu yerda Shekhar qiz o'rtog'i bilan birgalikda o'tirgan edi, Shekhar Ishanini suv tomon ketayotganiko'rib qoladi va uni o'z joniga qast qilmoqchi ekangilini darxol chunib yetadi, yugirib borib, uni qutqarib qoladi.
Shekhar: Nega bunday qilyapsiz? Nega o'zingizni o'ldirmoqchisiz. Men sizni o'lim jazodan olib qoldim, siz esa o'zingizni o'ldirmoqchimisiz? Muammo nimada? Nega bunday qilyapsiz?
Ishani: Siz? meni siz qamoqdan, dorga osilishdan qutqardizmi? Negaaaaaa!?
Shekhar: ha, men.
Shundan so'ng Shekhar o'tgan voqealarni aytib beradi: aslida Shekhar boyagi Ishanini ozod qilgan davlat amaldorining oldiga borib, unga turli-xil suratlarni ko'satgan va bu ish haqida hech kim bilmasligi mumkin, agar siz Ishani Parekni aybsiz deb topib, ozodlikga chiqarsangiz, deb shart qo'ygan bo'ladi. Shu sabab Ishani ozodlikda!
Shekhar: Ammo men sizni yana o'zingizni o'ldirishingiz uchun ozod qilmagandim, sizni ozodligingiz uchun bilasizmi men nimalar qilmadim. Siz esa o'zingizni o'ldirmoqchimisiz? hayotni qadriga yetishni bilmas ekansiz.
Shekharni bunday jonkuyarligining yana bir sababi bor edi, yoshligida uning otasi ham irodasizligi tufayli yuqoridan o'zini pastga tashlab, o'z joniga qast qilgan edi.
Ishani esa, meni sizni hayotingizda hech bir ahamiyatim yo'q, meni endi umuman hech kimga keragim yo'q, hayotdan to'yib ketdim, deb baqiradi, yana suv tomon bormoqchi bo'ladi. Ammo Shekhar uni to'xtatib qoladi, uni mexmonxonaga joylashtiradi. Ertasi kuni Ishani Shekharni yoniga kelib, xona uchun va meni ozod qilganiz uchun raxmat. Kecha sizga baqirib yuborganim uchun uzr, deb Shekharga yonidagi bor pulini beradi. Bor pulim shu, iltimos shuni oling, deb unga berib ketadi.
***
Tunda esa Ishani ko'chada tentirab, qayerga borishni bilmay yurardi, Shunda bezorilar bir ayolni tunashyotgani, unga pichoq bilan po'pisa qilishyotganini ko'rib qoladi, yugirib borib bezorilar bilan ursha ketgan Ishani, Ayolni mashinaga o'tkazib olib ketadi. tarona.net sayti ma'lumoti (Ishanining bu ishi keyinchalik shu ayolning uyida yashab qolishiga sabab bo'ladi, bu ayol esa o'sha biz bilan uddabiron advakat Shekharning onasi edi. Ha Ishani ularning uyida qoladi.)
***
Divash onasiga kelib, Ishanini ko'rganini, uning tirik ekanligini aytadi. Onasi bu haqida hech kimga aytmasligini, Ishani bilan boshqa ko'rishmasligini aytadi, Ishani tufayli shu kuyga tushdik, u tufayli Sharman ham Ritikaga uylana olmadi, deydi.
Divash hop deydi, shu kunlarda Divash ham bir badavlat insonning qizini o'rash bilan ovora edi.
***
Shekhar Ritika bilan gaplashgani uyiga boradi, u bilan suxbatlashib turganda RV kelib qoladi, Shekhar Ranvir bilan: Ritika va Ranvir munosabatlari haqida gaplashadi. Shu payt oshxonaga Ritika kiradi, u yerda sal avval Mala (xizmatkor) hayol bilan gazni ochiq holda qoldirib, o't yoqishni unitib chiqib ketgan edi.
Ritika gazga olov yoqmoqchi bo'lib turgan payt Ranvir gaz hidini sezib qoladi, yugirib borib Ritikani chetga oladi, ammo Ritika olovni yoqqan edi Kuchli olov chiqdi. Hayriyat hech kimga hech narsa qilmaydi.
Ranvir ham, Ishani ham bir-birlari haqlarida o'ylashardi. Bir-birlarini ko'rish umidida to'lin OYga tikilishardi,Ranvir Ishanini o'lgan deb yursa, Ishani Ranvir meni unutgan deb yuribdi...
Xurmatli qadirli o'quvchim, sizga shuni aniq aytishim mumkinki, serialning davomi juda keskin o'zgarib ketadi, kelgusi haftada bundanda kutilmagan voqealar sodir bo'lishi kutilmoqda.
So'zlab berganlarimdan sezgan bo'lsangiz bu haftadagi voqealar o'ta ta'sirchan, yuragi betoblar ko'rishini tavsiya etmasdim.
Ushbu yuqoridagi voqealar kelayotgan haftada (2-5 sentabr kunlarida) bo'lib o'tadi.
UMIDJON tayyorladi
Eslatma: ushbu chop etilgan maqola, aynan tarona.net sayti mualliflik huquqi asosida chop etilgan, uni sayt rahbariyati roziligisiz, boshqa manbalarda chop etish, tarqatish qat'iyan man etiladi, bu maqola boshqa saytlarga yuklansa saytimiz manba sifatida ko'rsatilishi shart...
|