Selena Gomes mashhur shampun brendining siymosiga aylandi
Xonanda va aktrisa Selena Gomes Pantene savdo belgisining siymosiga aylandi. Xonanda mashhur shampun brendini reklama qilishi haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda Korrespondent.net.
Qayd etish joiz, Selena Gomes bungacha ham bir necha bor mashhur brendlar vakiliga aylangan. Avvalroq u Adidas Neo va Kmar firmalari bilan hamkorlik qilgandi.
Pantene – Procter & Gamble kompaniyasi bo‘linmalaridan biri bo‘lib, ushbu savdo belgisi ostida soch parvarishi uchun mo‘ljallangan turli vositalar ishlab chiqariladi.
Ayni vaqtda 22 yoshda bo‘lgan Selena Gomes hozirga qadar 20dan ortiq filmlarda suratga tushgan va muvaffaqiyatli xonandalik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.